ohim

Oybek va Nigora - Ohim

Men Ismoilova Nigora Abduvahobovna 1988 — yil 12 sentabr kuni Toshkent shahrida ishchilar oilasida dunyoga keldim. Oilada 7 kishimiz: ota — onam, 3 opam, men va ukam.
Otam — Ismoilov Abduvahob To’htasinovich (1958 yil, Toshkent shahri) avtobus haydovchisi.

Onam — Rahimova Adashxon Abdurahimovna (1958 yil, Andijon shahri) bolalar shifokori.

Opam — Ismoilova Munira Abduvahobovna (1980 yil, Toshkent shahri).

Opam — Ismoilova Zamira Abduvahobovna (1982 yil, Toshkent shahri).

Opam — Ismoilova Nargiza Abduvahobovna (1984 yil, Toshkent shahri).

Ukam — Ismoilov Zohid Abduvahobovich (1990 yil, Toshkent shahri).

3 yoshga qadam qo’yar qo’ymasimdan bolalar bog’chasiga, keyin 1995 — yil 179 — o’rta maktabning 1 — a sinfiga borganman. Maktabda juda ohim a’lochi bo’lmasamda, bayram tadbirlarida qatnashishga juda qiziqar edim. O’sha kezlarda mahallamizda Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar boshchiligidagi noan’anaviy bolalar qo’shiqchilik tanlovi o’tkazildi. Tanlovning noan’anaviyligi shundaki, u yerda sog’lom bolalar bilan bir qatorda, ko’zi ojiz va nogiron bolalar ham o’zlarining iste’dodlarini sinab ko’rishlari mumkin edi. Tabiiyki, musiqaga qiziqishim kuchli bo’lganligi sababli tanlovda ishtirok etdim. Omadim kelibmi, tanlovda g’olib bo’ldim.

So’ngra tanlab olingan bolalar jamoasidan hor tashkil qilindi va «Uz bell» deb nom berildi. Hor jamoada biz qo’shiqchilik sirlarini o’rgandik. Bu yerda men juda ko’plab do’stlar orttirdim. Ziyoda bilan ham aynan shu yerda tanishganman. Ziyoda bo’sh vaqtlarida «Tantana» guruhi haqida menga faxrlanib gapirib berar edi. O’z-o’zidan menda shu guruhning a’zosi bo’lish istagi paydo bo’ldi. Bir kuni hor jamoamiz noma’lum sabablarga ko’ra yopildi. Juda hafa bo’ldim, lekin Fotima va Zuhra opalar meni «Tantana» guruhiga taklif qilishganida o’zimda yo’q hursand bo’lib ketdim. Musiqiy bilimlarni mukammallashtirishni «Tantana» guruhi bilan davom ettirdim. Biz guruh bilan juda ko’plab muvaffaqiyatlarga erishdik va Davlat konsert dasturlarida munosib ishtirok etardik. 2004 yilda maktabni tamomlab, Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Republika musiqa kollejiga imtihon asosida qabul qilindim. 2 — kursda tahs?l olayotganimizda Fotima opa menga «Akfa Media» prodyusserlik markazi ochilgani hamda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o’rtasida tanlov o’tkazilayotgani haqida aytib qoldilar. U yerda qatnashuvchilar orasida Oybek va Ziyoda ham bor edi. Yana bir bor omad kulib boqib men, Ziyoda va Oybek g’olib bo’ldik.

Leave a reply

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>